Bugun O’zMU Kimyo fakultetida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan “Shoh va shoir xotirasini eslab” nomli ilmiy-ijodiy tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda Kimyo fakulteti dekani Sh.Kadirova, yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari G’.Abdurahmonov, filologiya fakulteti dotsenti Jasur Mahmudov, professor-o’qituvchilar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirni fakultet dekani Sh.Kadirova ochib berdi: “O’zining ajoyib va yuksak qobiliyatlari bilan nafaqat qo’mondon va hukmdor sifatida, balki o’zining boy ijodiy adabiy va ilmiy meros qoldirgan olim va shoir bo’lib tarixga kirdi. Uning asarlarida, har qanday buyuk rassomga xos bo’lganidek, avlodlarning diqqatini doimo o’ziga tortadigan abadiy va o’tgan avlodni tegishli ijobiy fazilatlari mavjud.
Bobur asarlarida insonning axloqi va ma’naviy kamolotiga oid masalalar ko’tarilgan. Uning ko’p qirrali faoliyati bugungi kunda yosh avlod uchun ma’daniy-ma’rifiy vazifasini o’taydi. Yaxshilik va insonparvarlik g’oyalari asrlar davomida o’z qadr-qimmatini va ahamiyatini yo’qotmadi”.
Shundan so’ng boburshunos olim filologiya fakulteti dotsenti Jasur Mahmudovga so’z berildi.Buyuk mutafakkir, shoh va shoir bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi, ta’lim-tarbiya hamda Bobur g’azallarida insoniy fazilatlar, vatan sog’inchi va vatan his tuyg’ulari kabi fikrlar ta’kidlanib o’tildi. Kimyo fakulteti professori Habibullo Tojimuhamedov barcha tadbir ishtirokchilarini bugungi bayram bilan tabriklab Boburning eng asosiy asari bu –«Boburnoma» hisoblanib, tarixiy adabiyotda ushbu janrning birinchi namunasi, davrning zodagonlari, urf-odatlari va urf-odatlari haqidagi ma’lumotlarni ishiga olgan. Ushbu asar noyob ranglar bilan tarixiy voqealar panoramasini, o’sha davrdagi taniqli shaxslarning tashqi ko’rinishini va ichki dunyosini, tabiatning chiroyli va ajoyib suratlarini iste’dodli va o’ziga xos tarzda tasvirlaydi. Fakultet professori Ibrohim Abdugafurov so’z olib adibning “Boburnoma” asarida sharq xalqlarining urf-odatlari, tabiat tasviri haqidagi qarashlari qolaversa, betakror she’riyati haqida o’z fikr-mulohazalarini bildirdi. Fakultet professori Anvar Abdushukurov so’z olib, Zahiriddin Muhammad Boburning taxtga chiqishi hamda shoh va shoirlik darajalari haqida o’z qarashlari va fikrlarini bayon qildi. Shundan so’ng, badiiy qismga berildi. Talabalar Bobur g’azallari va ruboiylaridan ifodali o’qib berishdilar. Badiiy qismdan so’ng fakultet tyutori Muhiddin Abdussatarov ayniqsa, keyingi uch-toʻrt yil davomida mamlakatimizda barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlarning inson manfaatlariga qaratilayotgani fikrimiz dalilidir. Negaki, Z.M.Bobur oʻz ijodi va faoliyati davomida oʻz xalqi va Vatani uchun qoldirgan boy adabiy va maʼnaviy merosining bosh boʻgʻini insonga mehr, Vatanga sadoqat, Vatan sog’inchi va xalqiga boʻlgan cheksiz muhabbati boʻlganligini uning “Boburnoma” asari va she’riyati orqali toʻliq anglayapmiz deya so’zini yakunladi. Mutafakkirlarimizning ijodiy merosini o’rganish, xotirasini abadiylashtirish, asarlarida ilgari surilgan ezgu g’oyalar haqidagi fikrlarning talabalar bilan o’rtoqlashdi.
O’zMU Axborot xizmati