Joriy yilning sentabr-noyabr oylari davomida Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanida joylashgan Uzbekistan GTL kompaniyasi tomonidan oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun maxsus stipendiya dasturi e’lon qilingan edi.
Tanlovda Respublikamizning qator OTM dan jami 1700 dan ziyod talaba-yoshlar ishtirok etdi, jumladan, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Kimyo fakulteti iqtidorli talabalari ham tanlovda qatnashishdi. Tanlovning barcha bosqichlari yakunlanib, 3 nafar iqtidorli talabalarimiz – Kimyo fakulteti 4-bosqich talabasi Jovliyev Azizbek Muxtor oʻgʻli, Kimyo fakulteti 1-bosqich magistratura Karimov Muhiddin Shokirjon oʻgʻli, Kimyo fakulteti 2-kurs magistratura Kalbayev Alisher Maksetbaevichlar stipendiya dasturining gʻoliblari sifatida tanlab olindi.
Tanlov gʻoliblari va faol ishtirokchilarini munosib ragʻbatlantirish maqsadida 16-17 dekabr kunlari Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumani, Uzbekistan GTL zavodi hududida tantanali taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Oʻzbekiston Milliy universiteti jamoasi gʻolib bo’lgan iqtidorli talabalarning yutuqlari bilan tabriklaydi va kelgusi ishlariga muvaffaqiyatlar tilaydi.
O’zMU Axborot xizmati