chki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti tomonidan Toshkent shahrida tahsil oluvchi va qishki ta’til munosabati bilan doimiy yashash joylariga jo‘nab ketuvchi talabalar uchun bepul qo‘shimcha avtobus yo‘nalishlari tashkil etildi.
Talabalarni Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlariga bepul yetkazib qo‘yish uchun tashkillashtirilgan yo‘nalishlar Olmazor tumani “Aziya” super marketi oldidan harakatlandi.
Avtobuslarda barcha zarur sharoitlar yaratilgan bo‘lib, talabalar o‘z yashash manzillariga yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari hamrohligida jo‘nab ketishdi.