Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan «Yagonamsan-Vatanim” hamda “Konstitutsiya – baxtimiz kafolati» shiorlari ostidagi bayram tadbirlari Oʻzbekiston Milliy universitetiga qarashli barcha talabalar turar joylarida davom etdi. Talabalar turar joylarida boʻlib oʻtgan bayram tadbirlarida fakultet dekanlari, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi masʼullari, dekan o’rinbosarlari, tarbiyachi-pedagoglar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Tadbir doirasida Zakovat intelektual o‘yinlari, shaxmat-shashka kabi aqlni charxlovchi turli o‘yinlar, devoriy gazetalar tanlovi, rasm chizish musobaqalari hamda #Konstitutsiyamiz_qomusimiz shiori ostida turli viktorina so‘rovlari uyushtirildi.
Shuningdek, tadbirni mazmunli, qiziqarli tarzda oʼtkazish maqsadida davra-suhbatlari, ona vatanimiz, milliy ramzlarimizni tarannum etgan ijodkor yoshlarning sheʼriy chiqishlari va jonli kuy-qo’shiq ijrolari namoyish etildi.
O’zMU Axborot xizmati