“O‘zbekiston tarixi” telekanali orqali efirga uzatilayotgan “Evrika” intellektual shousi haqiqiy bilimdonlarning bilimlarini sinash davrasi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Ushbu ko’rsatuvning navbatdagi sonida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti talabalari – Joʻrayev Sunnatillo Toʻra oʻgʻli (1-bosqich (rus) tarix yo‘nalishi talabasi), Dehqonova Shahzodaxon Dilshodjon qizi (1- bosqich talabasi), Baxtiyorov Asadbek (2-bosqich talabasi), Bekkiyeva Mahbuba (1-bosqich talabasi) va Temirov Shoxrux Baxtiyor o‘g‘li (2-bosqich talabasi) ishtirok etishdi. Quvonarlisi, Tarix fakulteti 1-bosqich talabalari Joʻrayev Sunnatillo Toʻra oʻgʻli va Dehqonova Shahzodaxon Dilshodjon qizi 1-o’rinni, 1-bosqich talabalari Jo’rayev Sunatilla va Noryigitov Sanjar 2-o’rinni, 2-bosqich talabasi Nishonov Diyorbek 3-o‘rinni egallab, ko’rsatuv g’oliblari bo’lishdi.
Ma’lumot uchun, ko’rsatuvning har sonida 5 nafar bilimdon o‘z bilimini 3 raundda sinovdan o‘tkazadi. Birinchi raundda 10 tadan quiz testlarga javob beriladi va o‘ylash uchun 15 soniya vaqt beriladi. Har bir to‘g‘ri javob uchun 2 balldan beriladi. Ikkinchi raundda jami 10 ta savol bo’lib, savol o‘qilgandan so’ng to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob bersa 10 ball qo’lga kiiritiladi. Bu shartda quyidagi 3 imkoniyat beriladi:
- Variant olish;
- Do‘stimga qo‘ng‘iroq;
- 30 soniya o‘ylash.
Agar ishtirokchi bitta imkoniyatdan foydalansa 10 ball emas, 8 ballni qo’lga kiritadi. Agar barcha imkoniyatdan foydalansa 4 ball oladi.
Universitetimiz nomini munosib himoya qilgan ushbu talabalarimizga kelgusi ishlariga omad tilaymiz.
O’zMU Axborot xizmati