Bugun Tarix fakultetida dekan Alisher Mo’minov, dekan o‘rinbosari Otabek Mo‘minov boshchiligida kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda 2024-yilda universitetning xalqaro reytingdagi nufuzini oshirishga munosib hissa qo‘shish, xorijiy professor-o‘qituvchilarni o‘quv jarayonlariga jalb qilish, akademik mobillikni rivojlantirish hamda 2024-yilda bo‘lib o‘tadigan QS World University Rankings by Subject reytingida qadimga tarix va arxeologiya sohalari bo’yicha O’zMUning top-100 universitetlar qatoridan o‘rin egallashini ta’minlash kabi masalalar muhokama qilindi, shuningdek, fakultet jamoasiga 2024-yilda xorijiy hamkorlar bilan yanada samarali ishlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.