Times Higher Education Rankings vakillari bilan uchrashuv

Bugungi kunda universitetda dunyoning eng nufuzli universitetlar reytingidan joy olishga qaratilgan bir qancha amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda ya’ni nufuzli jurnallarda maqola yozish, maqolalarga iqtiboslikni oshirish, xalqaro ilmiy loyihalar sonini ko‘paytirish, xorijlik professorlarni o‘quv jarayoniga jalb qilish, xorijiy talabalarni qabul qilish kabilar.
Xususan, Times Higher Education va QS Word Universite Ranking agentliklari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa olib borilib universitet reytingini oshirishga qaratilgan master klass, seminar-treninglar olib borilmoqda.
12 avgustda Times Higher Rankings Data Points platformasi koordinatori Lachin Italmazova bilan onlayn-uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda xalqaro aloqalar bo‘limi prorektori Raima Shirinova va xalqaro reytinglarda ishtirok etish bo‘limi boshlig‘i Aziz Turakulova qatnashdilar.
Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston Milliy Universitetining xalqaro reytinglarda o‘z pozitsiyasini egallashda eng muhim me’zonlarga batafsil to‘xtalib o‘tilib, universitetning bugungi natijalari analitik tahlil qilindi. Onlayn uchrashuvda Data Points platformasi bilan bevosita hamkorlik olib borish, iqtibos va maqolalarning universitet reytingini ko‘tarishdagi o‘rni, universitetning dunyo miqyosidagi brendini oshirish chora-tadbirlari borasida fikr yuritildi.
Shuningdek, Lachin Italmazova o‘z taqdimotida Universitetning akademik reputatsiyani oshirishga yordam beruvchi uch asosiy bosqichni belgilab berdi va xorijiy universitetlar, tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, Times Higher Education reyting agentligi bilan hamkorlikda Universitet brendini rivojlantirish, hamda universitet veb-saytida berilgan ma’lumotlar hamda sayt dizaynini yangilash borasida o‘z mulohazalarini bildirdi. Uchrashuv yakunida onlayn-sessiyaning navbatdagi uchrashuvi belgilab olindi.

O‘zMU Axborot xizmati