Joriy yilning 20-yanvar kuni Yevropa, Yaqin Sharq va Osiyo boʼyicha Times Higher Educationning mintaqaviy direktori Lachin Italmazova bilan onlayn-uchrashuv boʼlib oʼtdi. Uchrashuvda Times Higher Education bilan bevosita hamkorlik olib borish, universitetning xalqaro miqyosidagi mavqeini oshirish chora-tadbirlari borasida fikr yuritildi.
Lachin Italmazova oʼz navbatida, universitetning xalqaro reyting koʼrsatkichilarini oshirishga qaratilgan asosiy bosqichni aytib oʼtdi va xorijiy universitetlar, tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy talabalarning sonini koʼpaytirish hamda THE platformasidagi universitet profilini yaxshilash bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.
Yakunda navbatdagi uchrashuv boʼyicha masalalar belgilab olindi va hamkorlikni mustahkamlash yoʼnalishlari koʼrib chiqildi.
O‘zMU Axborot xizmati