Universitet huzuridagi S.X.Sirojiddinov nomidagi respublika akademik litseyi va Bo‘ston axborot kommunikatsiyalar texnikumi o‘quvchilariga 2024/2025-o‘quv yili birinchi semestr uchun rektor stipendiyasini joriy etish maqsadida ishchi komissiyaning ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Stipendiya komissiyasi raisi N.Norqulov, Stipendiya komissiyasi a’zolari G.Bekimatova, R.Rustamova, M.Xasanov, G.Yo‘ldasheva, Stipendiya komissiyasi kotibi G.Qurbonovalar besh nafar talabgordan kelgan hujjatlarni ko‘rib chiqishdi.