Kengashda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tashkil topganligining 80 yilligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining 856-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zolari (akademiklari)ni tanlov asosida saralash va tasdiqlash tartibi haqida”gi Nizomda belgilangan tartibga muvofiq O‘zRFA haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga 22 nafar nomzodlar hujjatlarini taqdim etganligi haqida axborot berildi.
Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlarning dastlabki saralashi Universitet Kengashi yig‘ilishida ochiq ovoz berish yo‘li bilan amalga oshirildi.