Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov 2023/2024-o‘quv yili uchun “Sport faoliyati: taekvondo WT” bo‘yicha ijodiy imtihonlar o‘tkazilayotgan O‘zbekiston milliy universiteti sport kompleksida bo‘lib, jarayonlarni ko‘zdan kechirdi.
Ijodiy imtihonlarni topshirishga shay bo‘lib turgan abituriyentlar bilan suhbatda bo‘lgan vazir, bilimli va haqiqiy iste’dod egasi bugun, albatta bor imkoniyatlarini ko‘rsatadi, – deya ularga omad tiladi.
So‘ng qabul bo‘yicha mas’ullarga ijodiy imtihon jarayonlarini shaffof o‘tkazish, ota-onalar uchun qulay va salqin kutish joylarini tashkil qilish, imtihon komissiyasiga abituriyentlarning qobiliyatini adolatli baholash hamda natijalarni tezkor e’lon qilib borish va boshqa tashkiliy masalalar yuzasidan zarur topshiriqlar berildi.