Bugun, O‘zbekiston Milliy universitetida Xorijiy filologiya fakulteti Fransuz filologiyasi hamda Tarjima nazariyasi va qiyosiy tilshunoslik kafedralari hamkorligida “Zamonaviy filologik paradigmalar: an’analar va innovatsion yondashuvlarning o’zaro ta’siri” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Bir necha tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur konferensiyada Qozog‘iston, Tojikiston, Ozarbayjon, Frantsiya, Germaniya, Ispaniya, Mal’ta hamda Portugaliya oliy ta’lim muassasalaridan professor-o‘qituvchilar, mutaxassislar ishtirok etdi.
O’zMU Axborot xizmati