Yangi istiqbolli yo’nalishlar muhokama qilindi

Joriy yilning 24-noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi huzuridagi Moliya universiteti ijtimoiy soha sugʼurtasi va iqtisodiyoti departamenti rahbari Siganov Аleksandr Аndreevich universitetga tashrif buyurdi.
Tashrifdan koʼzlangan asosiy maqsad Oʼzbekiston Milliy universiteti bilan Rossiya Federatsiyasi huzuridagi Moliya universiteti hamkorlikning yangi yoʼnalishlarini muhokama qilish hamda mazkur universitet bilan yoʼlga qoʼyilgan qoʼshma taʼlim dasturida tahsil oladigan talabalar va oʼqituvchilar bilan fikr almashishdan iborat.
Maʼlumot o`rnida: Siganov Аleksandr Аndreevich Rossiya Federatsiyasi huzuridagi Moliya universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan qoʼshma dusturda tahsil oladigan talabalarga Sugʼurta fanidan dars beradi.

O’zMU Axborot xizmati