Erta tongdan mamlakatimizning sakkizta shahrida “Yoshlar kuni” va “Xalqaro olimpiya” kuniga bag‘ishlangan “Yangi nafas” yugurish musobaqasiga start berildi.
Jumladan, Toshkent shahridagi Humo arena majmuasida start berilayotgan marafonda Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti birinchi prorektori Jabbor Muhammadiyev boshchiligidagi barcha fakultetlarning yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosarlari va 150 nafar talaba-yoshlari faol ishtirok etmoqda.
Marafon ishtirokchilarga omad tilaymiz!
Yugurish marafonida mamlakatimizda yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor berish, aholining barcha qatlamlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini yangicha formatda keng targ‘ib etish maqsadida tashkil etildi.