O‘zbekiston Milliy universitetida talaba-yoshlar tashabbusiga ko‘ra “Yangi O‘zbekistonni birgalikda barpo etamiz!” shiori ostida “Milliy universitet – keng imkoniyatlar maskani” nomli festivalga start berildi.
Ushbu maqsadda bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov boshchiligidagi vazirlik mutasaddilari, universitet rektori Inomjon Majidov, prorektorlar, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar, shuningdek xorijlik mehmonlar ishtirokida festivalning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.