2021-yilning 7-dekabr kuni Qozon Federal universiteti qoshidagi Yelabuga instituti direktori Merzon Yelena Yefimova O‘zbekiston Milliy universiteti va Yelabuga instituti o‘rtasida hamkorlik yo‘l xaritasini muhokama qilish maqsadida tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida akademik mobillik dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish, professor-o‘qituchilar malakasaini oshirish, ilmiy stajirovkalarni yo‘lga qo‘yish xususida fikrlar almashinilidi. Shuningdek, uchrashuvda konstruktiv va samarali hamkorlikni rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani haqida so‘z yuritildi. Uchrashuv yakunida tomonlar “Rus tili xorijiy til sifatida” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma dasturni amalga oshirishga hamda professor-o‘qituchilar kollabaratsiyasini yo‘lga qo‘yish maqsadida kafedralar miqyosida onlayn uchrashuvlar tashkil qilishga kelishib olindi.
O’zMU Axborot xizmati