Bugun, O‘zbekiston Milliy universitetida tegishli mas’ullar, fakultet dekanlari, bino komendantlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilish universitet hududi, o‘quv va boshqa binolarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash, energiya tejamkorligi masalalariga bag‘ishlandi.
Moliyaviy-iqtisodiy ishlar bo‘yicha prorektor Vali Yodgorov, fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi boshlig‘i Bekzod Mavlonov, universitet bosh energetiki Xurshid Javlonovlar tomonidan mavzu bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, yig‘ilishda gaz, energetika va isitish moslamalarining holati va sozligiga alohida e’tibor qaratish, yong‘in xavfsizligi me’yorlarini qat’iy nazorat qilish, xodimlar va talabalar ishtirokida yong‘inga qarshi targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish, energiya tejamkorligini ta’minlash masalasi alohida ta’kidlandi.
Yig‘ilish oxirida kun tartibida qo‘yilgan masalalar yuzasidan yig‘ilish ishtirokchilarining qiziqtirgan savollariga ma’ruzachilar tomonidan tegishli javoblar berildi.