YOSHLAR KELAJAK KADRLARI

Joriy yilning 16-dekabr kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi tashabbusi bilan “Yangi avlod kadrlari” loyihasi bo‘yicha “Yoshlar kelajak kadrlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Erkin Zaxidov, O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘limi mudiri Mohiniso Farmonova, Xalq deputatlari Olmazor tuman deputati, AITV “Ipak yo’li” banki Boshqaruvi o‘rinbosari Kamoliddin Babayevlar mavzu yuzasidan o‘z maʼruzalarini olib bordilar.
Tadbirda universitet Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi xodimlari, Ijtimoiy fanlar, Xorijiy filologiya, Iqtisodiyot fakulteti tyutorlari va talabalari, Ijtimoiy fanlar fakulteti “Fuqarolik jamiyati va huquq taʼlimi” kafedrasi dotsenti v.b., falsafa doktori (PhD) Jaloliddin Yusubov ishtirok etdi.
Tadbir ochiq muloqot tarzida tashkil etilib, maʼruzachilar tomonidan yurtimizda fuqarolik jamiyatida siyosiy partiyalarning o‘rni, taʼlim sohasidagi islohotlar, bank sohasida o‘zgarishlar, kredit olish tizimi kabi masalalar yuzasidan maʼlumot berildi va talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.
Tadbir so‘ngida faol ishtirok etgan talabalar partiya tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

O’zMU Axborot xizmati