Tashqarida yomg‘ir, havo nisbatan sovuq. Shunday kunda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti kutubxonasida qaynoq suhbat bo‘lib o‘tdi.
Quvonarlisi, bugun qolipdan tashqari fikrlaydigan, yangilik va g‘oyalari bilan yonib yashayotgan olov yoshlar bisyor. Ularga minbar berish kerak, bo‘ldi.
Uchrashuvda ijodiy jamoamiz va talabalar o‘rtasida o‘zaro fikr almashildi. Bahs-munozaralarga boy o‘tgan tashrif davomida faol yoshlar esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.
Sizni eshitishga tayyormiz. Marhamat, xuddi shunday adrenalin atmosferani his qilishni istaganlar bo‘lsa, izohlarga keyingi uchrashuv qayerda bo‘lishini yozib qoldirsin…