2024-yil 24-aprel kuni O‘zbekiston Milliy universitetida atoqli rus yozuvchisi V. P. Astafyev tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan «Zamonaviy dunyoda rus tili va adabiyoti» mavzusi ostida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
Anjuman ishtirokchilarini O‘zbekiston Milliy universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti dekani M.S. Chorshanbiyev, Rossiya hamkorligining O‘zbekiston Respublikasidagi ta’lim dasturlari koordinatori I.V. Suljina, O‘zbekiston rus madaniyat markazining rais o‘rinbosari T.S. Alimxo‘jayeva, Shimoliy (Arktik) Federal universitetining Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan ilmiy-ma’rifiy hamkorlik bo‘yicha koordinatori P.S. Golomidova, Rus tili instituti, Federal Davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi Nijniy Novgorod davlat tilshunoslik universiteti direktori N. V. Makshantseva, Qalmoq davlat universitetining rus tili va umumiy tilshunoslik, rus va chet el adabiyoti kafedrasi mudiri T.S. Yesenova va boshqalar kutib olishdi.
Xalqaro hamkorlik doirasidagi anjumanning hamkor tashkilotchilari sifatida Rossiyaning N.A. Dobrolyubov nomidagi Nijniy Novgorod davlat lingvistik universiteti. B.B. Gorodovikov nomidagi Qalmoq davlat universiteti. M.V. Lomonosov Shimoliy (Arktik) Federal universiteti ishtirok etdi. Mazkur universitet vakillari ilmiy ma’ruzalari bilan qatnashishdi.
Yalpi majlisda O‘zbekiston Milliy universiteti filologlari (filologiya fanlari doktori S.E. Kamilova, filologiya fanlari doktori E.A. Aliyeva, pedagogika fanlari nomzodi O.V. Milyutina) va O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (f.f.d. N.M. Petruxina) V.P. Astafyev ijodidagi idiostil xususiyatlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalarini e’lon qilishdi.
Anjumanda, shu bilan birga, zamonaviy rus tilshunosligi va adabiyotshunosligi, rus tili tarixi va dialektologiyasining umumiy masalalari, maktab va oliy o‘quv yurtlarida rus tili va adabiyotini o‘qitishning so‘nggi uslublari, rus filologiyasida raqamli texnologiyalardan foydalanish masalalari muhokama qilindi va zamonaviy tarjimashunoslikning ayrim jihatlari va uning o‘zaro madaniy ta’sir jarayonida tutgan o‘rni yuzasidan to‘xtalib o‘tildi.
Davra suhbati kasbiy mavzular to‘g‘risida qiziqarli muhokamani davom ettirish, tajriba va o‘ziga xos ishlanmalar bilan almashish, ilmiy-uslubiy hamkorlikning keyingi jarayonlari va shakllarini belgilash imkonini berdi.
Anjuman aralash shaklda o‘tkazildi: oflayn va onlayn taqdimotlar. O‘zbekistonning turli shahar va viloyatlari (Toshkent, Termiz, Andijon, Navoiy, Namangan, Jizzax, Buxoro, Nukus, Farg‘ona va boshqalar) Rossiya Federatsiyasining (Moskva, Nijniy Novgorod, Arxangelsk, Elista, Qozon, Ekaterinburg, Astraxan, Shaxti), Qozog‘iston (Petropavlovsk), Qirg‘iziston Respublikasi (Qorako‘l) va Belarus Respublikasi (Brest, Baranovichi) dan 100 ga yaqin maqolalar taqdim etildi.
Anjumanda oliy ta’lim muassasalari va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. Zamonaviy dunyoda rus tilini saqlash, o‘rganish va targ‘ib qilishga bo‘lgan qiziqish taniqli olimlarni, katta tajribaga ega o‘qituvchilarni, shuningdek, izlanuvchan magistrant va filologiya talabalarini ‒ rus tili va rus adabiyotini qadrlaydigan barchani birlashtirdi.
O‘zMU Axborot xizmati