15-dekabr kuni “Россия сегодня” Xalqaro axborot agentligi Multimediyaviy matbuot markazida «Katta Oltoyning turk-mug‘ul dunyosi:Markaziy Osiyoda ilmiy-ta’lim integratsiyasining natijalari va istiqbollari» mavzuida xalqaro videoko‘prik tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Videoko‘prik to‘rt mamlakatni – Rossiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonni birlashtirdi. Ushbu media tadbirda Moskvada «Katta Oltoyning turk-mug‘ul dunyosi: o‘tmish va hozirgi zamondagi yagonalik va xilma-xillik» loyihasining rahbari, Oltoy davlat universiteti(OltDU) prezidenti Sergey Zemlyukov; xorijda istiqomat qiluvchi vatandoshlar, xalqaro gumanitar hamkorlik(Rossotrudnichestvo), MDH ishlari bo‘yicha Federal agentlikning ta’lim va fan Boshqarmasi boshlig‘i Olga Filonova; Arxeologiya va etnografiya Instituti Sibir bo‘limi ilmiy rahbari, loyihaning Xalqaro ekspertlar kengashining rahbari RFA akademigi Anatoliy Derevyankolarishtirok etdi. Videoko‘prikka Bishkekdan Jusup Bolosog‘un nomidagi Qirg‘iz Milliy universiteti rektori, Osiyo unversitetlari Uyushmasi raisi Kanat Sadыkov; ko‘chmanchilik tamadduni Markazi direktori Aida Alimova; Toshkentdan – O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti professori Yoqutxon Mamatova, Ust-Kamenogorskdan – S.Amanjolov nomidagi Sharqiy Qozog‘iston universiteti rektori Muxtar Tolegen;Barnauldan Oltoy davlat universitetining Oltoy arxeologiyasi va etnografiyasi muzeyi direktori Yaroslav Frolov; gumanitar fanlar Instituti direktori Larisa Nexvyadovich; professorlar Sergey Grushin, Alla Kovalevahamda oltoyshunos va turkshunos yosh olimlar Maktabi kengashi raisi Georgiy Kazakovlarbog‘landilar.
Bir yarim soatli jonli efir davomida videoko‘prik ishtirokchilari tomoshabin va jurnalistlarga RF fan va oliy ta’lim vazirligi ko‘magida 2019 yildan buyon amalga oshirilayotgan «Katta Oltoyning turk-mug‘ul dunyosi: o‘tmish va hozirgi zamondagi yagonalik va xilma-xillik» xalqaro loyihasi doirasida olingan natijalar xususida fikr yuritdilar. Videoko‘prikni OltDU prezidenti Sergey Zemlyukovochib berdi va o‘zining kirish so‘zida 2021-yilda ushbu yirik xalqaro loyiha doirasida 50 dan ziyod Markaziy Osiyoning yetakchi universitetlari ilmiy-ta’lim hamjamiyati tashkil etilgani, joriy yilda 4 ta xalqaro ekspeditsiya, yetakchi ilmiy jurnallarda 80 dan ziyod ilmiy maqollar chop etilgani, “Katta Oltoy-turklarning qadimiy vatani” virtual muzeyi ishga tushgani, unda 3D modeldagi tarixiy eksponatlar taqdim etilgani xususida atroflicha ma’lumot berdi. Shuningdek, Sergey Zemlyukov loyiha ishtirokchilari amalga oshirilgan OAVga axborot uzatish ishlari bo‘yicha xalqaro mediamakonda “turkshunoslik va turk dunyosi” mavzusida yetakchi nyusmeykerga aylanganini mamnuniyat bilan e’tirof etdi.
Arxeologiya va etnografiya Instituti Sibir bo‘limi ilmiy rahbari, loyihaning Xalqaro ekspertlar kengashining rahbari RFA akademigi Anatoliy Derevyankoo‘z chiqishida xalqaro ilmiy doiralarning ushbu loyihaga qiziqishi ortgani, loyiha ishtirokchilari orasida 71 nafar olim tadqiqotlar o‘tkazayotgani, joriy yilda o‘tkazilgan II Xalqaro ilmiy forumda Markaziy Osiyo, Rossiya va Yevropaning 89 universitetidan 300 nafardan ziyod olim va tadqiqotchilar ishtirok etganiniga alohida urg‘u berdi.
Xorijda istiqomat qiluvchi vatandoshlar, xalqaro gumanitar hamkorlik, MDH ishlari bo‘yicha Federal agentlikning ta’lim va fan Boshqarmasi boshlig‘i Olga Filonova oltoyshnoslik, turkshunoslik, mug‘ulshunoslik bo‘yicha Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlarining etakchi universitetlari va tadqiqot markazlarining olim va mutaxassislarini Oltoy davlat universiteti birlashtrayotgani uchun tashakkur izhor etdi.
– Katta Oltoy va Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati, qo‘shnichilik an’analarini saqlab qolish muammosi dolzarb bo‘lib bormoqda. – Shu ma’noda yoshlar ilmiy hamjamiyatini mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Rossotrudnichestvo tashkiloti Oltoy davlat universitetining yaqin hamkori sifatida uning Osiyo va jahon universitetlari bilan ilm-fan va yoshlar yo‘nalishida hamkorlik faoliyatini quvvatlaydi, – dedi Olga Filonova.
Jusup Bolosog‘un nomidagi Qirg‘iz Milliy universiteti rektori, Osiyo universitetlari Uyushmasi raisi Kanat Sadikovushbu xalqaro loyihaning Rossiya hamda Osiyo universitetlari olim hamda talabalariga katta imkoniyat sifatida baholab, Uyushmaning 2021-yilda olgan natijalari oliy o‘quv yurtlarining reytingini oshirishda, real ilmiy loyiha va ta’lim dasturlari ko‘lami kengaytirishga ta’sir etganini ta’kidladi.
Oltoy davlat universiteti professori Sergey Grushin Qirg‘izistonga, xususan Issiq ko‘lga uyushtirilgan etnografik ekspeditsiya davomida to‘plangan ulkan etnografik mazmundagi materiallar ahamiyati, oltoy va qirg‘iz madaniyati va aloqalari xususida atroflicha ma’lumot berdi. S.Amanjolov nomidagi Sharqiy Qozog‘iston universiteti rektori Muxtar Tolegen “Katta Oltoy-turklarning qadimiy vatani” muzeyini tashkil etishda, “ikki diplom”li ta’lim dasturlarini hamda talaba va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida akademik mobillikni rivojlantirishda katta natijalarga erishilganini alohida e’tirof etdi. OltDU qoshidagi Gumanitar fanlar Instituti direktori Larisa Nexvyadovich“Turk-mug‘ul dunyosi etnikasi zamonaviy art-amaliyotda”xalqaro magistrlik dasturi hamda Katta Oltoy mintaqasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti manfaatidan kelib chiqib yuqori malakali kadrlar tayyorlashda ta’lim kooperatsiyasini yanada mustahkamlash zarurligini bildirdi. Oltoyshunos va turkshunos yosh olimlar Maktabi kengashi raisi Georgiy Kazakovyosh tadqiqotchilarning loyihaga qo‘shgan hissasi haqida fikr yuritdi
O‘zMU Jurnalistika fakulteti professori Yoqutxon Mamatova loyiha doirasida media makonning dolzarb masalalarini tadqiq etish alohida ahamiyat kasb etishi g‘oyasini ilgari surdi.
– Ushbu loyiha boy umumturk merosini o‘rganish maqsadida barchamizni birlashtirmoqda. Jurnalist kadrlarni, bo‘lajak media tadqiqotchilarini tayyorlashda ham katta ahamiyatga ega. Zero, pandemiya davri barchamizni kelajakda faqat yuksak bag‘rikenglik madaniyatida yashashni o‘rgatdi, qo‘shma ta’lim dasturlari esa bo‘lajak mutaxassislarda kasbiy madaniyatda bag‘rikenglikni, bir birimizga hurmatni shakllantirishga xizmat qiladi. – deb e’tirof etdi Y.Mamatova.
“Katta Oltoy” oltoyshunoslik va turkshunoslik ilmiy-ta’lim Markazi eksperti, OltDU professori Alla Kovalevavideoko‘prik ishtirokchilariniloyiha doriasidaO‘zbekiston, Qozog‘iston vaQirg‘iziston,oliy o‘quv yurtlari bilan media hamkorlik hamda “Katta Oltoy universitetlari mediadialog”i natijalari bilan tanishtirdi.
Videoko‘prik moderatori “Rossiya segodnya” XAA ta’lim va ijtimoiy sohalardagi loyihalar Boshqarmasi boshlig‘i, “Ijtimoiy navigator” loyihasi rahbari Natalya Tyurina to‘rt mamlakat teletomoshabinlari va jurnalistlardan kelgan savollarga media tadbir ishtirokchilar javobini efirga tezkor uzatishda o‘z kasbiy mahoratini namoyish etdi. Tadbirni yakunlar ekan, boshlovchi Natalya Tyurina turkiy, slyavyan xalqlarning qadimiy vatani bo‘lgan Katta Oltoy tarixi, madaniyati va qadriyatlarini o‘rganishda to‘rt mamlakat olimlari va tadqiqotchilarining hamkorligi yanada mustahakmlanishida katta muvaffaqiyatlar tiladi.
O‘zMU Axborot xizmati