Ma’lumki, O’zMU va A.S.I.E. (Xalqaro birdamlik va ta’lim tashkiloti) o’rtasida uzoq yillik aloqalar davom etib kelmoqda. Xususan, BRM bo’yicha universitet faoliyatini yo’lga qo’yishda Fransiya tajribasini o’rganish, fransuz yoshlarining mazkur yo’nalishda amaliyotlarini tashkil qilish va O’zMU talabalarini Fransiyada amaliyot o’tashlari uchun kelishuvlar olib borish ishlari amalga oshirilgan.
Bugun mazkur tashkilotning vitse-prezidenti Alen Payen va tashkilot a’zosi Emmanuel Dyufurlar O’zMUga navbatdagi tashriflarini amalga oshirdilar. Tashrif davomida strategic rivojlantirish va xalqaro reyting bo’limi xodimlari O’zMUda BRM yo’nalishlarida amalga oshirilgan ishlar bo’yicha taqdimot qildilar. Bajarilgan ishlar fransuz mutaxassislari tomonidan yuqori baholandi va tayyorlangan manbalar to’g’ri yo’nalishda ekanligi alohida e’tirof etildi.
Shuningdek, A.S.I.E. tashkiloti vakillari BRM yuzasidan o’z fikr-mulohazalarini bildirib, mazkur faoliyat yuzasidan keng ko’lamli hamkorlik qilish taklifi bildirildi.
Xalqaro aloqalar bo’limi