Respublikamizda oxirgi yillarda oliy taʼlim muassasalalari oʼzining xalqaro hamkorlik doirasini yanada kengaytirmoqda. Xorijning nufuzli universitetlari, ilmiy-tadqiqot markazlari, xalqaro donor tashkilotlar va xalqaro kompaniyalar shular jumlasidandir.
Oʼzbekiston Milliy universitetida ham joriy yilning oʼtgan uch oyi mobaynida xorijning eng nufuzli universitetlari rahbarlari bilan onlayn va oflayn uchrashuvlar boʼlib oʼtdi, memorandumlar imzolandi, kelishuv shartonomalari olib borildi. Xuddi shu ishlarning samarasi oʼlaroq 2021-2022 oʼquv yilida Belorusь Milliy texnika universiteti, D.I.Mendeleev nomidagi ximiya texnologiya universiteti va Rossiya Davlat gidrometeorologiya universitetlari bilan xalqaro qoʼshma taʼlim dasturlarida talabalar qabul qilish yoʼlga qoʼyiladi.
15 aprelь kuni esa navbatdagi delegatsiya yaʼni Italiyaning Sababa Security SRL xalqaro kompaniyasi rahbarlari universitetga tashrif buyurdi. Kompaniya rahbarlari va xodimlari Аlessio Аcheti, Enriko Orlandi va Olьga Orlovalarni OʼzMU rektori Inom Madjidov, xalqaro aloqalar boʼyicha prorektor Raima Shirinova, ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha prorektor Hikmatjon Saburov, amaliy matematika va intelektual texnologiyalar fakulьteti dekani Zafar Raxmonov hamda axborot xavfsizligi kafedrasi mudiri Gʼayrat Joʼraevlar kutib oldilar.
Uchrashuvda tomonlar asosan kiberxavfsizlik yoʼnalishida hamkorlikni yoʼlga qoʼyish, universitet talabalarini Italiyaning Genui universitetiga qisqa muddatli stajirovkaga joʼnatish, doktorantlarning ilmiy tadqiqoti boʼyicha amaliyotini tashkil qilish, hamda anʼanaviy va onlayn oʼquv jarayoniga Genuya universiteti professor-oʼqituvchilarini jalb qilish kabi bir qator masalalarni atroflicha muhokama qildilar. Shuningdek, kiberxavfsizlik mutaxassisligida magistratura 1+1 qoʼshma taʼlim dasturini ochish borasida ham toʼxtalib oʼtildi.
Sababa Security SRL xalqaro kompaniyasi rahbari Аlessio Аcheti universitetning 2-3 nafar iqtidorli talabalarini Italiya universitetlarida bepul oʼqishga qabul qilish, oʼqituvchilar uchun kiberxavfsizlik boʼyicha malaka oshirish kurslari tashkil qilish, oʼquv dasturlar va onlayn platformalar taqdim etishni ham taklif qildi.
Uchrashuvda hamkorlikni vertikal va gorizontal yoʼnalishlarda yanada batafsil muhokama qilishga hamda onlayn uchrashuv tashkil etib hamkorlikni yoʼlga qoʼyish mexanizmlarini ishlab chiqishga kelishib oldilar.
Xalqaro aloqalar boʼyicha prorektor
Raima Shirinova