“Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida davra suhbati tashkil etildi

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida “Partiya ish faoliyatida kadrlar zaxirasini shakllantirish” mavzuida davra suhbati bo’lib o’tdi. Mazkur tadbirda O’zMU Xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi Ra’noxon Rustamova, O’zLiDeP xodimlari, Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati, tuman deputatlari, partiya faollari, universitet professor-o’qituvchilari, talabalar hamda bitiruvchi yoshlar ishtirok etishdi.
Mazkur loyihadan ko’zlangan maqsad partiya ish faoliyatida kadrlar zaxirasini shakllantirish va ularning malakasini oshirish, partiyaning rivoji uchun munosib faollarni tanlab olishdan iborat.
Tadbir davomida Xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi Ra’noxon Rustamova yurtboshimiz tomonidan yoshlarni kelajagimiz egalari sifatida ko‘rib, ular uchun barcha sharoitlarni yaratib berilayotgani va imkoniyatlar eshigi yanada ko’proq ochilayotgani haqida to’xtalib o’tdi. – Muxtasar qilib aytganda, yosh yigit-qizlarimiz uchun yaratilayotgan keng ko‘lamdagi imkoniyat va shart-sharoitlar, ularning o‘qib-o‘rganishlari, qizg‘in faoliyat ko‘rsatishlari uchun qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik nafaqat yurtdoshlarimiz, balki dunyo hamjamiyatini ham o‘ziga jalb etayotir. Bu esa o‘z navbatida, yoshlarimizning jamiyatda ijtimoiy faolligini oshirishga, vatanimiz kelajagi uchun bor-kuch g‘ayratlarini safarbar etgan holda o‘qib izlanishi, faoliyat yuritish uchun yanada ruhlantiradi, – deydi Ra’noxon Rustamova.

O’zMU Axborot xizmati