“Yashil makon” umummilliy loyihasi: ezgu tashabbusni O’zMU yoshlari qo’llab-quvvatlamoqda

Xalqimizning yoshi ulug‘ insonlarni e’zozlash, qadrlash, ularni asrab avaylash eng oliy fazilatlaridandir. Ana shunday ijobiy hislatlar yoshlarimizda mujassamligi kishini quvontiradi. Bugungi kunda yashil olamni saqlash va ko’paytirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasini puxta tayyorgarlik bilan boshlash tashabbusi ilgari surildi.
Aksiyada faol ishtirok etish istagida bo‘lgan Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar hamda Matematika fakultetlari tyutorlari va talaba-yoshlari bilan birgalikda Toshkent shahar Olmazor tumani Qariyalar uyi hududida obodonlashtirish ishlari olib borilib, manzarali ko’chatlar ekildi. Shuningdek, obodonlashtirish jarayonida talaba-yoshlar keksa avlod vakillari bilan dildan suhbat qurishdi.

O’zMU Axborot xizmati