Zamonaviy organik kimyo: yutuqlar, muammolar, yechimlar

Bugun, O‘zbekiston Milliy universiteti kimyo fakultetida “Zamonaviy organik kimyo: yutuqlar, muammolar, yechimlar” mavzusidagi xorijiy olimlar ishtirokidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir Organik kimyo kafedrasi dotsenti, kimyo fanlari nomzodi Habibulla Sayfullayevich Tojimuhamedov tavalludining 80 yillik yubileyi munosabati bilan tashkil etildi.

Anjumanda Yaponiyaning Kyushi universiteti professori Koxei Torikai, V.N. Orexovich nomidagi biotibbiyot kimyosi instituti professori Shumyanseva V.V., Ufa fan va texnologiyalar universiteti dotsenti Zilberg R.A., O‘zR FA Yadro fizikasi instituti direktori akademik Sodiqov I.I., O‘zR FA O‘simli kmoddalar kimyosi instituti direktori o‘rinbosari, professor Elmurodov B.J., O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti direktori, professor Ibragimov A.B., I. Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali direktori, professor Samadov A.U. va boshqalar ishtirok etdi.

Konferensiyada ishtirok etgan xorijiy olimlar, mutaxassislar, tadqiqotchilar tomonidan mavzu doirasidagi ma’ruzalar tinglandi, qator masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, so‘zga chiqqanlar, H. Toshmuhammedovni yubileyi munosabati bilan qutlab, olim haqida iliq fikr va xotiralarni bildirishdi.

O‘zMU Axborot xizmati