“Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti rektorining 05.09.2018 yil 01-759 sonli buyrug‘i asosida “Geodeziya va kartografiya” kafedrasi negizida tashkil etildi. Kafedra mudiri sifatida t.f.n. dotsent X.Muborakov tayinlandi (2018-2021 yy.). 2021 yildan kafedra mudiri lavozimida g.f.f.d. PhD. D.N.Raxmonov faoliyat olib bormoqda.
Geodeziya va geoinformatika
Kafedra mudiri
RAXMONOV DILSHOD NURBOBOYEVICH
Kafedra mudiri
Ilmiy darajasi:
Fan nomzodi, PhD
Ilmiy unvoni:
Unvonsiz
Kafedra tarixi
Kafedra tarkibi
Ilmiy faoliyat
№ | Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.SH | Ilmiy darajasi, unvoni | Dissertatsiya ishi mavzusi |
1 | Yakubov Gayrat Zaidovich | Yo‘q | Yerni masofadan zondlash materiallaridan foydalanib raqamli yirik masshtabli qishloq xo‘jaligi kartalarini tuzishning nazariy-texnologik masalalari |
2 | Nosirov Baxtier Ixtiyorovich | Yo‘q | Orolbo‘yi mintaqasi geoekologik kartasini tuzishda geografik axborot tizimi dasturlarini qo‘llash usulini takomillashtirish |
3 | Arabov Obid Zarip o‘g‘li | Yo‘q | “GNSS o‘lchovlari va geoaxborot tahlil asosida O‘zbekiston hududining balandlik tizimini takomillashtirish uslublarini ishlab chiqish» |
Xalqaro hamkorlik
Kafedra bir nechta xorijiy OTM va tashkilotlari jumladan, 2019 yil Avstriyaning Zalsburg universiteti, 2020 yil mayda Vengriyaning Obuda universiteti va 2021 yil Portugaliyaning “Erni geodezik tahlil qilish va kosmik tadqiqotlar” laboratoriyasi bilan xamkorlik memorandumlari imzolagan va xamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Portugaliyaning “Erni geodezik tahlil qilish va kosmik tadqiqotlar” laboratoriyasi direktori professor Da Silva Fernandes Rui Manuel 5A311502-“Geodeziya va kartografiya” va 5A313401-“Geodeziya va geoinformatika” magistratura mutaxassisliklari uchun 2021.03.12. № 02-613 buyruq asosida darsga jalb qilingan.
Kafedra dotsenti E.R.Mirmaxmudov “EUPOS” European Position Determination System xalqaro tashkiloti va BMT ning Kosmik geodeziya bo‘yicha tashkilotga a’zo sifatida xalqaro konferensiyalarda ishtirok etib kelmoqda.