Kafedraga 1921 yil professor N.I.Lebedenskiy tomonidan asos solingan. 1921-1945 yillarda kafedra turli fakultetlarning tarkibida faoliyat yuritgan. 1945 yili Geografiya fakulteti tashkil qilingandan so‘ng «Geodeziya va kartografiya» kafedrasi nomi bilan turli mutaxassisliklarga topografiya asoslari, geodeziya, kartografiya fanlaridan dars berib kelingan.
1947 yili O‘rta Osiyo respublikalari ehtiyojini kartografiya mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar bilan ta’minlash maqsadida «Geograf-kartograf» mutaxassisligi ochilib, o‘sha yili 17 ta talaba qabul qilingan.
1948 yilda prof. N.I.Lebedinskiy vafotidan so‘ng kafedraga oldinma keyin katta o‘qituvchi F.L.Tropkin, prof. I.G.Krasovskiy, katta o‘qituvchi I.G.Chernyak, dots. Ch.V.Galkov, prof. T.M.Mirzaliyev, dotsentlar – Y.G.Brodoskiy, P.Y.Butenko, L.H.G‘ulomova, A.Egamberdiyev, H.M. Muborakovlar rahbarlik qilganlar. Hozirda t.f.d., prof. E.Y.Safarov rahbarlik qilmoqda.
Hozirgi kunda, kafedrada 1 ta fan doktori-pofessor, 3 ta fan nomzodi – professor va dotsentlar, 2 ta katta o‘qituvchi, 6 ta o‘qituvchilar faoliyat olib borib talabalarga mutaxassislik fanlaridan dars berib kelmoqdalar.
Kafedra mudiri
BEKANOV KUATBAY KOSHKARBAEVICH
Kafedra mudiri
Ilmiy darajasi:
Fan nomzodi, PhD
Ilmiy unvoni:
Unvonsiz
Kafedra tarixi
Kafedra tarkibi
Ilmiy faoliyat
№ | Tadqiqotchi professor-o’qituvchining FISH | Ilmiy darajasi, unvoni | Dissertatsiya ishi mavzusi |
1 | Bekanov Kuat Koshkarbayevich | Tayanch doktorant | Orolbo’yi murakkab ekologik sharoitidagi foydalanishni optimallashtirishda geoinformatika metodlarini qo’llash |
2 | Ergasheva Yulduz Xalilovna | Tayanch doktorant | Joyning jangovar vaziyatini o‘rganish va baholashda rakamli kartalardan foydalanish asoslari |
3 | Ibragimov Orif Alimahamatovich | Mustaqil izlanuvchi | O’zbekistonda muqobil energiya resurslaridan foydalanishning kartografik metodlari |
4 | Mo’minov Abdujalil Abdusalom o’g’li | Mustaqil izlanuvchi | Veb-texnologiyalar yordamida bog‘dorchilik va uzumchilik veb atlasini yaratishni ilmiy–uslubiy asoslari |
5 | Sobirov Qahramon Bektursun o’g’li | Mustaqil izlanuvchi | Aholini sotsial-iqtisodiy xususiyatlarini geoinformatsion xaritaga olishni ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish |
Xalqaro hamkorlik
Kafedra hozirgi kunda qator xorijiy davlatlar OTMlari, shu jumladan, G‘arbiy Vengriya, Zalsburg, London Grinvich universitetlari, Moskva davlat universiteti, Janubiy Qozog‘iston davlat pedogogika institutlari bilan ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
2013 yil yanvardan boshlab kafedra a’zolari Yevropa Ittifoqining TEMPUS dasturi bo‘yicha 2012-2015 yillarga mo‘ljallangan yirik loyiha “TEMPUS GE–UZ: Geoinformatika: O‘zbekistonda barqaror rivojlanishga erishishni ta’minlash” nomli yirik loyihada faol ishtirok etdilar. Ushbu loyiha doirasida kafedra a’zolaridan 11 kishi G‘arbiy Vengriya, Zalsburg va Grinvich universitetlarida tashkil etilgan trening kurslarda qatnashib, o‘z malakalarini oshirib qaytdilar.
2014 yili kafedra qoshida maxsus “Geoinformatika” o‘quv laboratoriyasi tashkil etildi va u zamonaviy rusumdagi yangi geodezik asboblar, kompyuterlar va geoaxborat dasturlari bilan jihozlandi.
2013 yil yanvardan boshlab kafedra a’zolari Erasmus Mundus dasturi (545696 – EM – 1- AT- ERA MUNDUS- EMA 21) gSmart loyihasida ham qatnashib kelmoqda. Ushbu loyihaning O‘zbekistondagi koordinatori sifatida kafedra mudiri prof. E.Y.Safarov ish olib bordi. Dastur bo‘yicha bakalavriat talabalaridan 4 ta, magistrantlardan 1 ta, PhD bo‘yicha 2 ta, PostDoc bo‘yicha 1 ta kishi Evropaning turli oliy o‘quv yurtlarida o‘qib o‘z bilimlarini oshirib qaytdilar. Bu loyiha doiraisda O‘zbekistonng bir qancha OTMlaridan (O‘zMU, TIMI, TATI, UrDU, BuxDU va boshqa) pedagog hodimlar chet elga borib o‘z malakalarini oshirib keldilar. 2015 yil sentyabirdan 2016 yil iyunigacha kafedraning katta o‘qituvchisi I.O‘.Abdullaev (Avstriyada), Sh.Prenov (Vengriyada) va A.Ruziev (Gollandiyada) ushbu dastur bo‘yicha malaka oshirib keldilar.