Umumiy va neft-gaz kimyo kafedrasi 2019 yilda Umumiy kimyo kafedrasi negizida tashkil etildi Umumiy kimyo kafedrasi esa 1981 yilda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan xalq ta’limi xodimi, kimyo fanlari doktori, professor T.S.Sirliboyev tashabbuskorligida tashkil qilingan.
Kafedraga 1981-2008 yillarda prof.T.S.Sirliboyev, 2009-2019 yillarda prof.S.Z.Nurmonov mudirlik qilgan, 2019 yildan kimyo fanlari doktori D.X.Mirxamitova mudirlik qilib kelmoqda.
Kafedraning ilmiy yo’nalishi “Mahalliy xomashyolar-neft, tabiiy gaz va ularni qayta ishlash maxsulotlari asosida yangi organik birikmalarni katalitik sintezi, ularning xossalari va qo’llanish sohalarini o’rganish”. 1991 yildan buyon kafedra xodimlari va hamkorlikdagi boshqa tashkilot xodimlaridan ushbu yo’nalish bo’yicha 7 ta fan doktorlari, 17 ta fan nomzodlari tayyorlangan. Hozirgi paytda 16 ta tadqiqotchi doktorlik dissertatsiyalari ustida ish olib bormoqda. Bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida 650 dan ortiq ilmiy ishlar, 6 monografiya, 2 darslik va 24 ta o’quv va uslubiy qo’llanmalar chop qilingan, 8 ta patent olingan.
Umumiy va neft-gaz kimyosi
Kafedra mudiri
Kafedra tarixi
Kafedra tarkibi
Ilmiy faoliyat
Uzbek Content
Xalqaro hamkorlik
Uzbek Content