1962 yil. Yo.X.To‘raqulov tashabbusi bilan O‘zbekistonda ilk bor ToshDUda Biokimyo va biofizika kafedrasi tashkil etildi. 1963 yil Biokimyo va biofizika kafedrasi o‘z ishini to‘liq boshladi va kafedrada Yo.X.To‘raqulov, D.N.Saxibov, B.O.Toshmuxamedov, N.K.Mirzaeva, L.I.Kurgulsevalar faoliyat ko‘rsatishgan. Shu yili B.O.Toshmuxamedov Biokimyo va biofizika kafedrasi dotsenti lavozimiga tayinlandi. 1964 yil MGUda taxsil olishni yakunlab, Biokimyo va biofizika kafedrasiga M.N.Valixanov katta o‘qituvchi bo‘lib qabul qilingan.
Sohada olingan ilmiy-nazariy qonuniyatlar O‘zbekiston va boshqa qo‘shni Respublikalardagi azaliy buqoq kasali paydo bo‘lishiga sezilarli darajada chek qo‘yish imkonini berdi. Ko‘rsatgan yuksak hizmatlari uchun Yo.X.To‘raqulov o‘z xamkori va maslakdoshi jarrox R.K.Islombekov bilan birgalikda o‘sha davrda ilm-fandagi kashfiyotlar uchun beriladigan yuksak davlat mukofoti – Lenin mukofotiga sazovor bo‘ldi. 1965 yil Biokimyo va biofizika kafedrasi katta o‘qituvchisi M.N.Valixanov “Fosfornыy obmen pri prorastanii semyan xlopchatnika” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va kafedra dotsenti sifatida faoliyatini davom ettirdi. 1966 yil Yo.X.To‘raqulov O‘zRFA xaqiqiy a’zosi etib saylandi.1974 yil T.S.Saatov tomonidan “Tireoglobulin i drugie yodirovannыe belki щitovidnoy jelezы” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Ilmiy maslaxatchi akademik Yo.X.Turaqulov. 1975 yil Yo.X.To‘raqulov tomonidan «Tireoidnыe gormonы» («Tireoid garmonlar») deb nomlangan monografiya nashr qilindi. Bu monografiya nafaqat O‘zbekiston, balki SSSRning barcha respublikalaridagi endokrinologlar va biokimyogarlarning kundalik kerakli kitoblaridan biriga aylandi. 1975 yilda bu mumtoz asar ingliz tiliga tarjima qilinib, AQShda chop etildi. 1977 yil M.N.Valixanov ToshDU Biologiya-tuproqshunoslik fakulteti dekani lavozimiga tayinlandi. 1982 yil Sagdullaev I.N.«Izuchenie neorganicheskix polifosfatov i nekotorыx drugix fosfornыx soedineniy xlopchatnika» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Ilmiy rahbarlar akademik Yo.X.Turaqulov va prof. M.N.Valixanov.
S.N.Dalimova tomonidan “Deystvie tireoidnыx gormonov na adenilatsiklaznuyu sistemu” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Ilmiy rahbarlar akademik Yo.X.Turaqulov va b.f.d. S.K.Xalikov. 1989 yilSadikova K.A. “Regulyatsiya transporta ionov v kornevoy sisteme xlpchatnika” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Ilmiy rahbar prof. M.N.Valixanov.
Umarova G.B. “Defosforilirovanie fitina pochvennыmi mikromitsetami” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini O‘zR FA Bioximiya ilmiy-tekshirish instituti ixtisoslashgan kengashida muvaffaqiyatli himoya qilgan. Ilmiy rahbar prof. M.N.Valixanov.
2001 yil Biokimyo kafedrasiga biologiya fanlari doktori, professor Surayyo Nugmanovna Dolimova rahbarlik qildi. 2002 yil Umarova M.M. “Izuchenie nekotorыx fermentov fosfornogo obmena v sozrevayuщix semenax xlopchatnika” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Ilmiy rahbar dos.Abdullaeva M.M. 2006 yil Abdullaeva M.M. “Nekotorыe zakonomernosti prevraщeniya fosfolipidov v semyanax xlopchatnika i drugix vыsshix rasteniy v protsessax prorastaniya i sozrevaniya” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Ilmiy konsultant prof. M.N.Valixanov. 2008 yil Muxammadjonova G.M. “Issledovanie razlichnыx polifenolov na proliferativnыe protsessы i funksionalnoe sostoyanie mitoxondriy pecheni pri xronicheskom gepatite” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Ilmiy rahbar prof. Dalimova S.N. 2009 yil Turaeva D.T. “Izuchenie farmakologicheskix svoystv i mexanizma deystviya gemostatika Lagovina” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Ilmiy rahbar prof. Dalimova S.N.
2012 yildan 2017 yilgacha Biokimyo kafedrasiga biologiya fanlari nomzodi, dotsent Umarova Gulbaxor Bazarbaevna rahbarlik qildi. 2015 yil 25 noyabrda kafedra professori Muxsin Nabixanovich Valixanovning 80-yillik tavvalludiga bag‘ishlangan “Biologiya, ekologiya va tuproqshunoslikning zamonaviy muammolari” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi. 2016 yil 10-11-noyabrda O‘zR FA akademigi To‘raqulov Yolqin Xolmatovichning 100-yillik tavalludiga bag‘ishlangan “Fizik-kimyoviy biologiya va endokrinologiyaning dolzarb muammolari” mavzusidagi ilmiy – amaliy anjumani o‘tkazildi.
Yolqin Xolmatovich To‘raqulovni yaratgan ilmiy maktabi hozirgi kunda iqtidorli tadqiqotchi olimlarni o‘z ichiga olgan. Bu olimlar O‘zbekiston biokimyogar olimlariga yetakchilik qilib kelayaptilar hamda o‘z bilim va tajribalarini shogirdlariga uzatib kelmoqdalar.
2021 yildan Biokimyo kafedrasiga PhD Qo‘ziev Sherali Nasrullaevich rahbarlik qilmoqda. 2020 yil Sh.N.Qo‘ziev «Kalamush mitoxondriyalarining funksional holatini yoshga oid o‘zgarishlari va ularga o‘simlik tabiatli preparatlarning ta’siri» mavzusidagi falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Ilmiy rahbar prof. Dalimova S.N. Qo‘ziev Sherali Nasrulloevichning ilmiy izlanishlari natijasi o‘laroq 35 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan respublikaning nufuzli jurnallarida 15 ta ilmiy maqola chop etilgan, xalqaro va respublika ilmiy anjumanlarida 15 dan ortiq tezis va maqolalar chop etilgan.
Kafedra mudiri
QO‘ZIYEV SHERALI NASRULLOYEVICH
Kafedra mudiri
Ilmiy darajasi:
Fan nomzodi, PhD
Ilmiy unvoni:
Unvonsiz
Kafedra tarixi
Kafedra tarkibi
Ilmiy faoliyat
№ | Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.Sh | Ilmiy darajasi, unvoni | Dissertatsiya ishi mavzusi |
1 | Dalimova Surayyo Nugmanovna | biologiya fanlari doktori, professor | Regulyatsiya mitoxondrialnogo i yadernogo deystviya tireoidnыx gormonov sitoplazmaticheskimi (belkovыmi) komponentami |
2 | Abdullaeva Muborak Maxmusovna | biologiya fanlari doktori, professor | Nekotorыe zakonomernosti prevrasheniya fosfolipidov v semenax xlopchatnika i drugix vыsshix rasteniy v protsesse ix prorastaniya i sozrevaniya |
3 | Umarova Gulbaxor Bazarbaevna | biologiya fanlari nomzodi, dotsent | Defosforilirovanie fitina pochvennыmi mikromitsetami |
4 | Muxamadjonova Go‘zal Muxamadjonovna | biologiya fanlari nomzodi, dotsent | Issledovanie vliyaniya razlichnыx polifenolov na proliferativnыe protsessы i funksionalnoe sostoyanie mitoxondriy pecheni pri xronicheskom gepatite |
5 | Fomina Marina Aleksandrovna | biologiya fanlari nomzodi, dotsent | Biologicheskie effektы lekarstvennoy formы preparata Tortezin iz krovi sredneaziatskoy cherepaxi |
6 | Qo‘ziev Sherali Nasrullaevich | biologiya falsafa fanlari doktori | Kalamushlar mitoxondriyalarining yoshga bog‘liq funksional holati o‘zgarishlarini va ularga o‘simlik preparatlarining ta’sirini o‘rganish |
Xalqaro hamkorlik
Buyuk Britaniya kollejlar universiteti (UKPDC) qoshidagi Neyrologiya institutining bo‘lim boshlig‘i, professor Abramov Andrey Yurevich bilan 2019 yildan buyon hamkorlik ishlari olib boriladi. Ushbu vaqt mobaynida “Neyrokimyo asoslari” va “Lipidlar biokimyosi” fanlaridan mashg‘ulotlar olib bormoqda.
Qozog‘iston davlatining M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti dotsenti q.f.n., R.E.Aytqulova “Biokimyo va molekulyar biologiya” fani bo‘yicha Biologiya fakulteti 5140100-Biologiya turlari bo‘yicha yo‘nalishi 2 bosqich talabalariga 2021 yil dekabr oyining ma’lum sanalarida ZOOM formatda (onlayn) mashg‘ulotlar olib boradi.