Kafedraga 1921 yil professor N.I.Lebedenskiy tomonidan asos solingan. 1921-1945 yillarda kafedra turli fakultetlarning tarkibida faoliyat yuritgan. 1945 yili Geografiya fakulteti tashkil qilingandan so‘ng «Geodeziya va kartografiya» kafedrasi nomi bilan turli mutaxassisliklarga topografiya asoslari, geodeziya, kartografiya fanlaridan dars berib kelingan.
1947 yili O‘rta Osiyo respublikalari ehtiyojini kartografiya mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar bilan ta’minlash maqsadida «Geograf-kartograf» mutaxassisligi ochilib, o‘sha yili 17 ta talaba qabul qilingan.
1948 yilda prof. N.I.Lebedinskiy vafotidan so‘ng kafedraga oldinma keyin katta o‘qituvchi F.L.Tropkin, prof. I.G.Krasovskiy, katta o‘qituvchi I.G.Chernyak, dots. Ch.V.Galkov, prof. T.M.Mirzaliyev, dotsentlar – Y.G.Brodoskiy, P.Y.Butenko, L.H.G‘ulomova, A.Egamberdiyev, H.M. Muborakovlar rahbarlik qilganlar. Hozirda t.f.d., prof. E.Y.Safarov rahbarlik qilmoqda.
Hozirgi kunda, kafedrada 1 ta fan doktori-pofessor, 3 ta fan nomzodi – professor va dotsentlar, 2 ta katta o‘qituvchi, 6 ta o‘qituvchilar faoliyat olib borib talabalarga mutaxassislik fanlaridan dars berib kelmoqdalar.