O‘zbekiston Respublikasi Taekvondo (WT) sport turini yanada rivojlantirish, yuqori mahoratli sportchilar va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 noyabrdagi № 3390 sonli “Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tarkibida “Taekvondo va sport faoliyati” fakultetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.
Qarorga muvoffiq 2018 yil fakultet xuzurida “Taekvondo va sport faoliyati” kafedrasi tashkil (5610518 – Sport faoliyati Taekvondo WT) qilindi. Kafedraning asosiy maqsadi: Taekvondo (WT) sport turini nazariy va amaliy o‘qitish metodikasi, taekvondo sport turining rivojlanish tarixi, ta’lim jarayonlarini zamonaviy pedagogik va axborot-kommukatsiya texnologiyalaridan foydalana oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash, xalqaro ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanib, yuqori darajaga ega bo‘lgan xorijiy va mamlakatimizning malakali amaliyotchi mutaxasislari va trenerlarini ta’lim jarayonlariga jalb qilingan holda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, yuqori malakali trenerlar va o‘qituvchilarni, iqtidorli talabalarni tarbiyalash, xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok qila oladigan professional sportchilarni tayyorlash va sport sahasida qoniqarli bilimlarga ega hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibiga iqtidorli sportchilarni tayyorlashdan iborat.
Hozirda kafedrada yuqori malakali terner o‘qituvchilarni tayyorlash, iqtidorli yosh sportchilarni saralash, xalqaro sport musobaqalarida munosib ishtirok qila oladigan professional sportchilarni tayyorlash uchun ularning ko‘nikma va bilimlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy o‘qitish dasturlari va uslubiyatlari ishlab chiqildi.
Kafedra xuzuridagi sport faoliyatlari (Taekvondo WT, Regbi, Kurash) ta’lim yo‘nalishlarida talabalarni bilim va ko‘nikmalarini yanada mustaxkamlash maqsadida Universitet sport majmualarida to‘laqonli unumli foydalanish yo‘lga qo‘yildi.
“Taekvondo va sport faoliyati” kafedrasida ta’lim berish, malakali mutaxasislarni tayyorlashda, jismoniy tarbiya va sport soxasi bo‘yicha ilmiy va uslubiy ma’lumotlar bilan ta’minlangan, bu bo‘yicha har o‘quv yili davrida o‘rtacha Scopus bazasi indeksatsiyasi huzuridagi jurnallarda ilmiy maqolalar chop qilishi, 30 ga yakin xalqaro va Respublika miqiyosida ilmiy maqolalar, 5 tadan ortiq darslik va o‘quv qo‘llanmalar, 2 tadan monografiyalar chop qilinib talabalar bilim olishlari uchun zamin yaratildi.
Talaba-yoshlarni iqtidorli va salohiyatli kamol topishida, kelajakda o‘z sohasining yetuk mutaxasisi bo‘lib tarbiyalanishida yakkakurash sport turlariga ixtisoslashgan 5 tadan ortiq sport to‘garaklari faolyati keng yo‘lga qo‘yildi.
Kafedrada xorijiy mamlakatlardagi nufuzli reytinga ega bo‘lgan (1000 talikka) universitetlar bilan o‘zaro manfaatli xamkorliklar yo‘lga qo‘yildi. Jumladan Koeraya Respublikasining “Dankuk”, “Yongin” va janubiy Kazoxiston davlatining “Muxtar Auvezov” nomidagi universitetlari,
Jaxon taekvondo sport turini rivojlantirish fondi, Jaxon va Osiyo “Regbi” federatsiya rahbarlari bilan istiqbolli memorandum va shartnomalar imzolanib, bevosita xamkorlik a’loqar yo‘lga qo‘yildi.
Kafedraga o‘quv yililari davomida talabalarga nufuzli reytingdan o‘rin egallagan universitet olimlari o‘zlarinig ma’ruzalari bilan ishtirok qilishlari yo‘lga qo‘yildi.
Kafedrada talabalari sport bilan muntazam shug‘ullanishlariga va sport malakalarini oshirish maqsadida universitet sport majmuasida muntazam shug‘ullanib kelishadi. Buning natijasida Osiyo, Jaxon hamda Olimpiada va Paralimpiya o‘yinlarida (Ulug‘bek Rashitov, Svetlana Osipova Taekvondo WT yo‘nalishi, Ziyoda Isakova, Zuxriddin Toxirov Partaekvondo WT yo‘nalishi) ishtirok qilish etishib faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritib davlatimiz bayrog‘ini yuqori cho‘qqilarda ko‘tarishda o‘zlariining katta xissalarini qo‘shib kelishmoqda.
Prezidentimiz tomonidan yoshlarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklari, universitet rahbariyatining talaba-sportchilarning o‘z imkoniyatlarini tolaqonli namoyish qilishlari uchun yaratib berilayotgan sharoitlardan unumli foydalanishlari, bularning barchasi xalqaro maydonlarda o‘z kuchlarini namayon qila bilishlari zaruriyatini yaratadi.
Taekvondo va sport faoliyati kafedrasi mutaxasislari kelajakda yuksak maqsadlarni amalga oshirish maqsadida, universitet reytingini oshirishda, yoshlarga na’munali bilimlar berishda, vatanimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘taradigan sportchi trenerlarni tarbiyalashda, jamiyatimizga bilimli aqlan dono va vatanparvar kadrlarni yetkazib berishda o‘z faoliyatlarini olib borishmoqda.