Nofilologik yoʼnalishlarda chet tillarni oʼqitish barcha oliygohlarda oʼz ahamiyatiga ega boʼlganidek, Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universitetida ham mazkur yoʼnalish oʼzining tarixiy oʼrniga ega. Universitet tashkil etilib, avvaliga tabiiy va aniq fanlar boʼyicha fakultetlar faoliyatini boshlaganidan eʼtiboran ularning har birining tarkibida chet tillar kafedrasi ham oʼz faoliyatini boshlagan. Keyinchalik universitetda ijtimoiy yoʼnalishlar boʼyicha ham qator fakultetlar tarkib topishi natijasida, chet tillar kafedralari soni ortib borgan va universitet tuzilmasini optimallashtirish maqsadida universitet qoshida tillar markazi tashkil etilib, fakultetlar tarkibidagi mavjud chet tillar kafedralari yoʼnalishlarga, yaʼni tabiiy fanlar boʼyicha chet tillar, aniq fanlar boʼyicha chet tillar, biznes va huquqshunoslik yoʼnalishlari boʼyicha chet tillar, hamda ijtimoiy-gumanitar yoʼnalishlar boʼyicha chet tillar kafedralariga ajratilgan va ushbu toʼrt kafedra tashkil etilgan Tillar Markazi tarkibiga kiritilgan. Mazkur markaz 1999 yildan 2009 yilgacha Isakova Ravshana Karimdjanovna tomonidan boshqarilgan.
2009 yilga kelib Tillar markazi tugatildi va ikkita kafedra – tabiiy yo‘nalishlar bo‘yicha chet tillar kafedrasi, hamda ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlar bo‘yicha chet tillar kafedrasi tashkil etildi va mazkur ikki kafedra universitetning Xorijiy filologiya fakulteti tarkibiga kiritildi. Tabiiy yo‘nalishlar bo‘yicha chet tillar kafedrasi f.f.n., dotsent Qosimova Mavluda Halimovna, 2013-2014 o’quv yilida esa ushbu kafedra Mazlitdinova Dilnoza Tuygunovna tomonidan, Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlar bo‘yicha chet tillar kafedrasi f.f.n., dotsent Shirinova Raima Xakimovna tomonidan boshqarildi.
Mazkur kafedralarda malakali professor-o‘qituvchilar R.Hoshimova, A.Abdalina, B.Kerbolayeva, D.Aliqulova, D.Jo‘raboyeva, M.Qosimova, R.Shirinova, J.Djumabayeva, N.Sa’dullayeva, M.Soliyeva, M.Bolibekova, Sh.Jalolova kabi fan nomzodlari va dotsentlar faoliyat olib borganlar.
2014 yil 25 sentabr O‘zMU ilmiy kengashining №01-362 sonli qaroriga asosan Tabiiy yo‘nalishlar bo‘yicha chet tillar kafedrasi, hamda Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlar bo‘yicha chet tillar kafedrasi birlashtirilib, “Ingliz tili” kafedrasi deb nomlandi va kafedra dotsent S.R.Babayeva tomonidan boshqarildi.
2020 yil 25 iyun O‘zMU Ilmiy Kengashining № 01-337 – sonli buyrug‘iga asosan kafedra “Fakultetlararo ingliz tili” kafedrasi deb nomlandi va 2020 yil sentabr oyidan hozirgacha kafedra Mazlitdinova Dilnoza Tuygunovna rahbarligida faoliyatini olib bormoqda.
Fakultetlararo ingliz tili
Kafedra mudiri
MAZLITDINOVA DILNOZA TUYGUNOVNA
Kafedra mudiri
Ilmiy darajasi:
Darajasiz
Ilmiy unvoni:
Datesent
Kafedra tarixi
Kafedra tarkibi
Ilmiy faoliyat
Uzbek Content
Xalqaro hamkorlik
Uzbek Content