Kafedra mudiri

DJAFAROVA DILDORA ILXOMOVNA
DJAFAROVA DILDORA ILXOMOVNA

Kafedra mudiri

Ilmiy darajasi:

Fan nomzodi, PhD

Ilmiy unvoni:

Datesent

Qabul kunlari:

Manzil:

Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

Kafedra tarixi

1962 yili Toshkent Davlat universiteti roman – german filologiyasi fakultetida dastlab ingliz va nemis tili kafedralari mavjud boʼlgan. 1963 yildan esa fransuz tili guruhiga talabalar qabul qilina boshlandi. 1966 yil fransuz tili kafedrasi tashkil etilib, 1972 yil esa kafedra qoshida lotin tili boʼlimi ochildi.
    Fransuz tili kafedrasini dastlab А.А.Krasheninnikov (1963-1969 yy) boshqargan. Soʼngra f.f.n., dotsent Sh.X.Xaydarov (1969-1984 yy), f.f.n.,dotsent А.Umarov (1984-1988yy), f.f.d.,professor А.E.Mamatov (2002-2003); katta oʼqituvchilar А.S.Аsqarov, V.V.Magidovich, M.Mirxoliqovlar (1988-2005 yy) rahbarlik qilganlar.
    1972 yili fransuz filologiyasi kafedrasi qoshida Ye.F.Vaganov rahbarligi ostida lotin tili kafedrasi ochilib, kafedra roman-german filologiyasi fakulьtetidan tashqari tarix fakulьtetida ham faoliyat koʼrsatgan. 1968 yildan 1984 yilgacha fransuz filologiyasi kafedrasida fransuz mutaxassislari xam faoliyat koʼrsatishgan, ular milliy kadrlar tayyorlashda juda katta yordam berishgan.
    Kafedraning bir qator oʼqituvchilari, jumladan, А.E.Mamatov (1991, doktorlik), Sh.Haydarov (1972), А.U.Umarov (1972), Yu.S.Muratova (1982), F.S.Salimova (1997) lar nomzodlik disserttsiyalari ustida tadqiqot olib borib, kafedra ilmiy salohiyatini oshirishda oʼz hissalarini qoʼshdilar.
    2004 yilda esa Sh.I.Isakova nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 2005 yildan boshlab kafedra mudiri lavozimida faoliyat koʼrsatdi.
    2010-2012 yillar katta oʼqituvchi Qurbonova G.S. va 2013-2018 yillarda fransuz filologiyasi kafedrasiga f.f.d., professor R.X.Shirinova rahbarlik qilgan.

Kafedra tarkibi

MAMATOV ABDI ESHANKULOVICH

Mamatov Abdi Eshankulovich

Professor(1,00 stavka)

Batafsil
AXRAROVA FOTIMA BAXRAMOVNA

Axrarova Fotima Baxramovna

Dotsent(1,00 stavka)

Batafsil
OTAQULOV NODIRJON BAXROMALIYEVICH

Otaqulov Nodirjon Baxromaliyevich

Dotsent(1,00 stavka)

Batafsil
KURBONOVA GULSARA SODIKOVNA

Kurbonova Gulsara Sodikovna

Dotsent(1,00 stavka)

Batafsil
URMONOVA NIGORAXON MUMINOVNA

Urmonova Nigoraxon Muminovna

Dotsent(1,00 stavka)

Batafsil
INOGAMOVA FAZILAT MANSUROVNA

Inogamova Fazilat Mansurovna

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
TUXTASINOVA NIGINA BASHIROVNA

Tuxtasinova Nigina Bashirovna

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
RAXIMOVA GULFIYA RUSTAMOVNA

Raximova Gulfiya Rustamovna

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
RAXIMOVA MUXAYYO AKMALOVNA

Raximova Muxayyo Akmalovna

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
UMAROVA SAYYORAXON SOBITOVNA

Umarova Sayyoraxon Sobitovna

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
YAHYOYEVA ZEBINISO MUSOYEVNA

Yahyoyeva Zebiniso Musoyevna

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
TURSUNMURATOVA DILNOZA TURAMURATOVNA

Tursunmuratova Dilnoza Turamuratovna

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
LATIFOVA KAMOLA KOMILJONOVNA

Latifova Kamola Komiljonovna

Stajer-o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
ERMETOVA DILOVAR RAVSHAN QIZI

Ermetova Dilovar Ravshan qizi

Stajer-o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
SHAXOBIDDINOVA SHAHLO MUHAMMAD QIZI

Shaxobiddinova Shahlo Muhammad qizi

Stajer-o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
UMAROVA OBIDAXON AVAZXONOVNA

Umarova Obidaxon Avazxonovna

Assistent(1,00 stavka)

Batafsil
YAXSHIBOYEVA NODIRA ERGASH QIZI

Yaxshiboyeva Nodira Ergash qizi

Assistent(1,00 stavka)

Batafsil
ISMATOV SARVAR SAYDULLAYEVICH

Ismatov Sarvar Saydullayevich

Assistent(1,00 stavka)

Batafsil
ABDULLAYEVA ZULFIYA MIROLIMOVNA

Abdullayeva Zulfiya Mirolimovna

Assistent(1,00 stavka)

Batafsil
MIRYUNUSOVA KAMOLA ABDUJALIL QIZI

Miryunusova Kamola Abdujalil qizi

Assistent(1,00 stavka)

Batafsil

Ilmiy faoliyat

Uzbek Content

Xalqaro hamkorlik

Mahalliy va xorijiy hamkorlar:

Oʻzbekiston Milliy Universitetida “Fransiyaga Sayohat” Nomli Tadbir Boʻlib Oʻtdi

19-mart kuni Oʻzbekiston-Fransiya doʻstlik jamiyati tashabbusi bilan Oʻzbekiston Milliy universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizim vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, Fransiyaning Xalqaro birdamlik va taʼlim tashkiloti (A.S.I.E) bilan hamkorlikda xalqaro Frankofoniya bayrami munosabati bilan “Fransiyaga sayohat” mavzusida madaniy tadbir boʻlib oʻtdi.
Mazkur tadbirda Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari fransuz tili oʻqitiladigan oliy oʻquv yurti talabalari qatnashdilar. Mazkur tadbirda talabalar fransuz tilidagi bilimlari, fransuz kuy va qoʻshiqlari, turli xil sahna chiqishlari hamda viktorina boʻlib oʻtdi.

 

Fransiya Oliygohlari Bilan Erasmus Loyihalaroi Kengaymoqda

Ma’lumki, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti so‘nggi yillarda Fransiyaning yetakchi universitetlari, jumladan Sorbonne Nouvelle Paris III, Poitiers, Tours, Strasbourg, Bordeaux, Bordeaux Montaigne, Sorbonne Paris Nord kabi universitetlari bilan hamkorlik shartnomalari imzolab, ular bilan turli yo‘nalishlarda – akademik almashinuv, professor-o‘qituvchilarning ma’ruza o‘qishlari, ilmiy loyihalar doirasida hamkorliklarni olib bormoqda.
Oxirgi uch yilda Fransiya oliygohlari bilan hamorlikda 5 ta Erasmus+ xalqaro loyihalari qo‘lga kiritildi. Ana shunday loyihalardan biri – Poitiers universiteti bilan amalga oshiriladigan Erasmus+KA 107 grant loyihasi hisoblanadi.
Mazkur loyiha doirasida O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti o‘qituvchilari Raximova Gulfiya hamda tayanch doktorant Qo‘ldosheva Mo‘tabarlar joriy yilning 19-25 fevral kunlari mazkur universitetda malaka oshirib qaytdilar.
Tashrifning dastlabki kunlarida O‘zMU ilmiy tadqiqotchilari universitet ta’lim tizimi, dars jarayoni, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi, shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, zamonaviy uslubiy materiallar va dars texnologiyalari to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Bir haftalik tashrif davomida tadqiqotchilar Poitiers universiteti professor-o‘qituvchilarining dars jarayonlarida faol qatnashib, malakalarini oshirishdi hamda universitet kutubxonalarida izlanish olib borib, o‘z tadqiqotlari doirasidagi ilmiy adabiyotlar bilan yaqindan tanishishdi, muzey va ko‘rgazmalarga tashrif buyurishdi.

Stem Fanlari Professor-O‘qituvchilari Uchun Virtual (Vr) Laboratoriyada Ishlash Bo’yicha Seminar Trening

Fransiya elchixonasi tomonidan tashkil etilgan  STEM loyihasi ishtirokchilari 2022 yil avgust va noyabr oylarida Raximova M.A. va Nurumova A.Yu. Fransiyaning Vishi shahridagi CAVILAM til o‘qitish markazida STEM fanlarini fransuz tilida o‘qitish stajirovkasini amalga oshirib keldilar. 2023 yil may oyida elchixona tomonidan tashkil etilgan ushbu loyiha yuzasidan seminar treningda (VR) ishtirok etdilar. Seminarda VR qurilmani ishlatish ko‘nikmalariga ega bo‘ldilar.
Kuni kecha universitetning STEM fanlari professor-o‘qituvchilari uchun virtual (VR) laboratoriyada ishlash seminar treningini tashkil qildilar. Seminarda tabiiy fanlardan o‘tkaziladigan laboratoriya darslari qurilma yordamida virtual olib borildi va STEM fanlari o‘qituvchilariga ko‘rsatmalar berildi.
O‘zbekiston Milliy universiteti rahbariyati O‘zbekistondagi Fransiya elchixonasiga, xususan mintaqaviy ta’lim hamkorligi bo’yicha attashe janob Serge Belliniga minnatdorchilik bildiramiz. Shuningdek, STEM yo‘nalishidagi mutaxassislarni malakasini oshirishdagi ishlarga qo‘shgan hissalarini yuqori baholaymiz.

 

O’zMU talabalari akademik mobillik doirasida Fransiyada

O‘zbekiston Milliy universitetida talabalar, o‘qituvchilar va xodimlarning mobilligini faollashtirish maqsadida strategik rivojlantirish va xalqaro reyting bo‘limi Fransiyaning 4 ta universiteti bilan Erasmus dasturi loyihasini 2023- 2026 yillar uchun yo‘lga qo‘ydi.
Kuni kecha xorijiy filologiya fakulteti fransuz filologiyasi kafedrasining ikki nafar talabasi yaʼni Hayitboyeva Dilnoza hamda Karimov Jamshid shu loyihada ishtirok etib Fransiyaning Puatye universitetiga 2023-2024 o‘quv yilining birinchi yarimida tahsil olish uchun jo‘nab ketdilar. Ularni loyiha koorinatori Lichiya Bagini kutib olib universitet kutubxonasi, talabalar yotoqxonasi, ularga yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirdi hamda Markaziy Osiyo davlatlari oliygohlaridan kelgan xorijiy talabalar uchun tanishuv amaliyoti bo‘lib o‘tdi.

 

Sorbonne Nouvelle Paris Iii Universiteti Professorlari Tashrifi

Avval xabar berilganidek, Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi tashabbusi bilan STEM fanlari yoʻnalishida dars berayotgan 25 nafar fransuz tili oʻqituvchilari mazkur davlatda malaka oshirib qaytish imkoniyatiga ega boʻldilar.
OʻzMU professor-oʻqituvchilaridan ham 5 nafari ushbu dasturda ishtirok etgan edi. Professor-oʻqituvchilarning loyiha doirasida malaka oshirganlaridan keyingi natija va koʻrsatgichlarni oʻrganish maqsadida Fransiyaning Oʻzbekistondagi taʼlim yoʻnalishida attashesi Serj Bellini, Sorbonne Nouvelle Paris III universiteti professorlari Jan-Klod Beakko hamda Brijit Baju OʻzMUga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida matematika, fizika, kimyo va biologiya yoʻnalishlarida tahsil olayotgan talabalarning fransuz tili darajasi, elchixona tomonidan taqdim etilgan virtual qoʻllaniluvchi apparatdan foydalanilganlik holati va     Fratsiyada orttirilgan tajribalar samaradorligi muhokama etildi.
Shuningdek, mazkur yoʻnalishda tahsil olayotgan talabalarga fransuz tili darajasini oshirish va keyingi mehnat faoliyati davomida mazkur til bilan erishish mumkin boʻlgan imkoniyatlardan xabardor qilish takliflari koʻrib chiqildi. Fikr-mulohazalar batafsil oʻrganilib, belgilangan rejalarni amalga oshirishda hamkorlik qilishga kelishildi.

 

Yosh ambassador frankofonlar tashkiloti vakillari fransuz filologiyasi talabalari bilan davra suhbati

Bugun Fransiyaning taʼlim yoʻnalishida hamkorlik boʻyicha Attashesi Serj Bellini, Yosh ambassador frankofonlar tashkiloti prezidenti Mari Beatric Levo va Yosh Frankofon ambassadori Fatima Nikol Sila Oʻzbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurishdi.
Uchrashuvda OʻzMUning Fransiya universitetlari bilan hamkorligi, fransuz tilini oʻrganuvchi talabalar va Frankofoniya tashkiloti bilan hamkorlik xususida muloqot olib borildi. Elchixona vakillari va Frankofoniya ambasadorlari tomonidan fransuz tilini oʻrganuvchi talabalar bilimlari yuqori baholanib, frankofoniya boʻyicha hamkorlik qilish taklifi bildirildi.
Shuningdek fransuz tili oʻrganuvchi talabalar bilan suhbat oʻtkazildi. Suhbat davomida ularning bilim va koʻnikmalari sinovdan oʻtkazilib, yosh frakofon ambasadorligiga nomzodlar roʻyxati tuzildi. Sinov natijalari mart oyida boʻlib oʻtadigan Frakofoniya festivaliga qadar maʼlum qilinishi aytildi.

 

Xalqaro fransuz o’qituvchilari bayrami

Har yili 24 noyabr Xalqaro fransuz o’qituvchilar kuni bo’lib, bugun ushbu bayramni O’zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti, fransuz filologiyasi kafedrasi o’qituvchilari va talabalari bayramona ruhda qarshi oldilar.
Tadbirda fransuz filologiyasining iqtidorli talabalari o’zlarining ijodkorligini namoyon etib, turli raqslar o’yinlar hamda qo’shiqlar ijro etishdi. Tadbirni fransuz filologiyasi kafedrasi mudiri Dildora Ilhomovna ochib berdi. O’qituvchilar tomonidan talabalar uchun viktorina oyinlari, krosvordlar, savol-javob tariqasidagi o’yinlar tashkil etildi.     Ishtirok etgan hamda g’olib bo’lgan talabalar kafedra tomonidan munosib taqdirlandilar.
Ikkinchi guruh talabalari “Blanche Neige” spektaklini fransuz tilida namoyish qildilar hamda mashxur fransuz kuylarini ijro etdilar.

 

Parij Shimoliy Sorbon universiteti tadqiqotchisi fransuz filologiyasi kafedrasida Fransuz tili professor-o’qituvchilari uchun amaliy seminar

 O‘zMU va Parij Shimoliy Sorbon universiteti bilan memorandum imzolangan edi. Mazkur memorandumga asosan Parij Shimoliy Sorbon universiteti tadqiqotchisi Katerin Eyme O‘zMU xorijiy filologiya fakulteti, fransuz filologiyasi kafedrasiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Katerin Eyme bilan o‘tkaziladigan seminarlar rejasi va mavzulari muhokama etildi. Seminarda chet tillari, xususan, fransuz tilini o‘qitishda elektron ressurslardan foydalanish va tadqiqot ishlarini o‘tkazish bo‘yicha maʼlumotlar berilishi taʼkidlandi.
Shuningdek, O‘zMU huzuridagi pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq (mintaqaviy) markazi bilan hamkorlikda o‘qituvchilar uchun amaliy treninglar ham tashkil qilishga kelishib olindi.
Uchrashuvda ma’lumotlardan foydalanishdan mualliflik huquqini buzmaslik choralari hamda o’qituvchining ijodiy yondashuvi ko’rsatib o’tildi. Tinglovchilar resusrlar to’g’risida o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Seminar yakunida chet tili o’qituvchilari uchun foydali bo’lgan ma’lumotlar bazasi va saytlar ro’yxati tinglovchilarga tarqatildi.

 

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy universiteti xorijiy filologiya fakulteti fransuz filologiyasi kafedrasi mudiri D.I.Djafarovaning 2024-yil 13-22-may kunlari Ispaniyaning Sevilya (490-QS reyting) va Granada (403-QS reyting) universitetlarda bo’lib o’tgan ma’ruzalar hamda xalqaro ta’lim tizimi ko’rgazmasida qatnashganligi yuzasidan

HISOBOTI

2024-yil 13-17-may kunlari Ispaniyaning Sevilya universitetida bo’lib o’tgan “International Incoming Staff Training Week” тадбирида қатнашиб, талабалар учун “Les problèmes de traduction de moyens non verbaux en traduction écrite” mavzusida ma’ruza bo’lib o’tdi.
Tadbir Erasmus KA 107 loyihasi – Programme for International Mobility between Programme Member and Associated Countries dasturi doirasida bo’lib o’tdi.
Universitetlarga tashrif buyurib, xalqaro mobiliti bo’limi hodimlari bilan uchrashishdi. Bundan tashqari filologiya fakulteti dekani uchashib, o’quv jarayoni bilan tanishishdi, ular bilan tajriba almashildi, darslar kuzatildi.
Ispaniyadagi Sevilya va Granada universitetlari professor-o’qituvchilari va doktorantlari bilan aloqa o’rnatildi va kontaktlari olindi.
15 may kuni Ispaniyaning Sevilya universiteti tomonigan o’tkazilgan xalqaro ta’lim ko’rgazmasida 50dan ortiq davlat vakillari qatnashdi hamda hozirgi kundagi ta’lim tizimi, zamonaviy metodlar, stajirovka hamda xalqaro reytingda o’z o’rniga ega bo’lish xususida fikr almashildi.