Jurnal faoliyati
“Sotsiologiya va huquq” elektron jurnali milliy sotsiologiya va yuridik fanning rivojlanishiga xizmat qiladi. Jurnalning ixtisoslashuvi – sotsiologiya va huquq sohalari. Elektron jurnal 3 oyda bir marta chop etiladi. Elektron jurnal sahifalarida milliy va xorijiy mualliflarning sotsiologiya, yuridik fan yutuqlari va istiqbollari borasidagi zamonaviy qarashlariga oid ilmiy maqolalari e’lon qilinadi. Elektron jurnalda hozirda O‘zbekistonda kechayotgan demokratik yangilanishlar, avvalo, taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalar, sotsiologiya va yuridik ta’lim sohasidagi yangicha yondashuvlar, hamda milliy va xorijiy sotsiologiya, yuridik fanning yutuqlari yoritiladi. Unda jahon sotsiologiyasi va huquq soxalari ilmining rivojiga katta hissa qo‘shayotgan intellektual elita vakillarining chuqur mazmundagi maqolalari bilan bir qatorda, bilimni egallash yo‘liga kirayotgan yosh tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar va shuningdek sotsiologiya va huquq soxalariga oid masalalar bilan shug‘ullanuvchilarning munozarali ilmiy maqolalari nashr etiladi.
Jurnalga taqdim etiladigan maqolalarga qo‘yiladigan umumiy talablar:
1. Qo‘lyozmada quyidagilar bo‘lishi kerak:
1.1. Muallif(lar)ning to‘liq F.I.Sh. o‘zbek, rus va ingliz tillarida.
1.2. Maqola nomi o‘zbek, rus va ingliz tillarida.
1.3. 6-8 jumladan iborat annotatsiya.
1.4. Tayanch iboralar (5-7 ta so‘z va iboralar) nuqta-vergul bilan ajratilgan.
1.5. Muallif(lar) haqida ma’lumot: ish joyi (tadqiqotchi, tayanch doktorant va doktorantlar uchun o‘qish joyi) pochta manzili, telefon raqami va elektron pochta manzili ko‘rsatilgan holda; lavozimi, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni.
1.6. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (boshqa manbalar).
2. Bibliografik apparat:
2.1. Adabiyotlar ro‘yxati (foydalanilgan manbalar) maqola oxirida keltirilishi lozim. Ro‘yxatga faqat maqolada havola qilingan manbalar kiradi. Matnda ro‘yxatdagi manba raqami kvadrat qavs ichida ko‘rsatilgan, sahifa raqam(lar)i vergul bilan ajratilgan, sahifalar oralig‘i tire orqali berilgan bo‘lishi keoak, masalan: [4, b. 112], [5, b. 63, 67], [9, b. 45-47], [9, b. 45; 3, b. 47].
2.2. Qo‘lyozmaning hajmi kamida 8 sahifa bo‘lishi kerak.
2.3. Qo‘lyozma matni MS Word dasturi yordamida tayyorlanishi kerak.
Hujjat parametrlari:
sahifa hajmi – A4;
sahifa chegaralari – 2 sm;
shrift – Times New Roman;
hajmi (kegl) – 14;
qatorlar oralig‘i – bir yarim;
abzas – 1 sm;
abzas matnini tekislash – kenglikda;
sahifani raqamlash – quyida o‘ng tomonda.
Izox: Maqolalar info@centrlogos.uz elektron pochta orqali yuborilishi mumkin.